Hududlarda soha tadbirkorlari bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda

09.04.2024 1232

Hududlarda soha tadbirkorlari bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasi va "Zarur amaliyotlar markazi" DUK hamkorligida respublikamiz bo'ylab, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan profilaktik uchrashuvlar o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, navbatdagi ana shunday tadbirlar Samarqand, Andijon, Namangan, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlarida bo'lib o'tdi. Unda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiya qilish - farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi, bunda litsenziya talab va shartlariga qatiy rioya qilinishi lozimligi eslatib o'tildi. 

Shuningdek, Prezident farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026 yil 1 yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozimligi ta‘kidlanib, bu standartlarni amaliyotga joriy qilishda mas'ullar vakolat doirasida yordamga tayyorligini bildirishdi.

Farmatsevtika mahsulotlari  xavfsizligi markazi Matbuot xizmati